MASHINASOZLIK SANOATIDA MEXANIKA VA MEXATRONIKA MASALALARI

Baxramov Faxridin Xuzriddinovich

TDMAU “Metrologiya va texnologik mashinalar” kafedrasi t.f.n., dotsent

Abdixamidov Nurbek Ural o‘g‘li

TDMAU “Metrologiya va texnologik mashinalar” kafedrasi assistenti (Phd

Abdullayev Jo‘ra

TDMAU “Metrologiya va texnologik mashinalar” kafedrasi assistenti

Musurmonqulov Oʻtkir

TDMAU “Mexanika va konchilik ishi fakulteti” YHT 24 v. Guruh talabasi

Keywords: mashinasozlik, mexanika, mexatronika, avtomatlashtirish, raqamli ishlab chiqarish, energiya samaradorligi, yashil texnologiyalar.


Abstract

Mazkur maqolada mashinasozlik sanoatida mexanika va mexatronika fanlarining integratsiyalashuvi, ularning ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, optimallashtirish va energiya tejamkorligini ta’minlashdagi o‘rni keng tahlil etilgan. Mexanika ishlab chiqarishdagi harakat, kuch, deformatsiya va bardoshlilik kabi fizik jarayonlarni o‘rganishga asoslanadi, mexatronika esa ushbu tizimlarni elektron boshqaruv, sensorli nazorat va dasturiy algoritmlar orqali mukammallashtirishga xizmat qiladi.

Maqolada mexanik tizimlarning modellashtirilishi, mexatronik modullarni loyihalash va ularni ishlab chiqarish liniyalariga integratsiya qilish tajribalari yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston mashinasozlik korxonalarida raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali ishlab chiqarish unumdorligini oshirish, inson omilini kamaytirish va mahsulot sifatini yaxshilash yo‘nalishlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari mexatronika asosidagi avtomatlashtirilgan tizimlar ishlab chiqarish samaradorligini 25-30 foizgacha oshirishi, energiya sarfini esa
15 foizgacha kamaytirishini ko‘rsatdi.

Shuningdek, maqolada “yashil” iqtisodiyot tamoyillari asosida ishlab chiqarishda energiya samarador texnologiyalarni qo‘llash, mexanik tizimlarning resurs tejamkorligini oshirish va chiqindilarni kamaytirish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqilgan.


References

1. Ahmedov A. A., Xudayberganov O. R. Mexatronika asoslari. - Toshkent: Fan va texnologiya nashriyoti, 2021. - 216 b.

2. Murodov B. M., Usmonov D. A. Mashinasozlikda mexanika va avtomatlashtirish jarayonlari. - Namangan: NamDTU nashriyoti, 2022. - 185 b.

3. Пановко Я. Г. Основы прикладной механики. - Москва: Машиностроение, 2018. - 412 с.

4. Bolton W. Mechatronics: Electronic Control Systems in Mechanical and Electrical Engineering. - 8th Edition. - Pearson Education, 2020. - 600 p.

5. Романов В. А., Козлов С. Н. Мехатронные системы и роботы. - Санкт-Петербург: Политех-пресс, 2019. - 356 с.

6. Karimov S. I., Tursunov J. B. Mashinasozlik texnologiyasi va innovatsion yechimlar. - Toshkent: O‘zbekiston Texnika Universiteti, 2023. -240 b.

7. Bishop R. H. (Ed.) The Mechatronics Handbook. - 3rd Edition. - CRC Press, 2019. -984 p.