Stomitit: Etiologiya, klinik koʻrinishi va davolash usullari.
Qadamova Dilnura Olimjon qizi
Urganch Ranch texnologiya universiteti talabasi
##semicolon## stomatit##common.commaListSeparator## etiologiya##common.commaListSeparator## klinik koʻrinish##common.commaListSeparator## aftoz stomatit##common.commaListSeparator## gerpes
सार
Stomatit – bu ogʻiz shilliq qavatining yalligʻlanish kasalligi boʻlib, turli etiologik omillar taʼsirida kelib chiqadi. Kasallikning rivojlanishida infeksion agentlar (viruslar, bakteriyalar, zamburugʻlar), mexanik, kimyoviy va termal shikastlar, shuningdek, allergik reaktsiyalar, immunitet tizimining zaiflashuvi, gigiyena qoidaalariga rioya qilmaslik va sistemali patologiyalar (qandli diabet, anemiyalar, vitamin yetishmovchiliklari) muhim ahamiyatga ega. Stomatitning klinik koʻrinishi juda xilma-xil boʻlib, ogʻiz boʻshligʻida giperemiya, shish, ogʻriq, qichishish hissi va elementlar (aftalar, eroziyalar, yaralar) paydo boʻlishi bilan tavsiflanadi. Kasallikning ogʻirlik darajasi va klinik kechish turiga qarab, lokal va sistemali davolash usullari qoʻllaniladi. Zamonaviy davolash strategiyasi etiologik omilni bartaraf etish, yalligʻlanish belgilarini kamaytirish, ogʻriqni nazorat qilish va asoratlarning oldini olishga qaratilgan. Ushbu maqolada stomatitning asosiy shakllari (kataral, aftoz, gerpes, kandidomikoz, allergik), ularning differensial diagnostikasi, shuningdek, zamonaviy terapevtik yondashuvlar, jumladan, antiseptik va antimikrob preparatlar, immunomodulyatorlar, keratoplastik moddalar va yangi fizioterapevtik usullar tahsil etilgan.
##submission.citations##
1. Axmedov, N. A. (2023). Og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining kasalliklari. Toshkent: Tibbiyot nashriyoti.
2. Scully, C. (2022). Oral and Maxillofacial Medicine: The Basis of Diagnosis and Treatment (4th ed.). Elsevier.
3. Gafforov, S. T. (2021). Stomatologiyaning terapevtik asoslari. Toshkent: Yangiyol nashriyoti.
4. Greenberg, M. S., & Glick, M. (2023). Burket's Oral Medicine (12th ed.). People's Medical Publishing House.
5. Karimov, M. R., & Olimova, G. S. (2024). O'zbekiston aholisida stomatitning tarqalishi va klinik xususiyatlari. Stomatologiya Jurnali, 3(2), 45-52.
6. Ship, J. A., & Chavez, E. M. (2023). Management of recurrent aphthous stomatitis. Oral Surgery, Oral Medicine, Oral Pathology, Oral Radiology, and Endodontology, 115(5), 575-588.
7. Turaeva, D. N. (2023). Bolalarda gerpes stomatitini davolashda yangi yondashuvlar. Pediatriya Tibbiyoti, 4(1), 78-84.
8. Belenguer, R., & Ramos-Casals, M. (2022). Oral involvement in autoimmune diseases. Autoimmunity Reviews, 21(3), 103-115.
9. Yusupov, A. K. (2023). Og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining zamonaviy diagnostika usullari. Laboratoriya Diagnostikasi, 2(4), 23-29.
10. Patton, L. L. (2022). Oral lesions in systemic disease. Atlas of the Oral and Maxillofacial Surgery Clinics, 30(1), 1-12.
11. Rakhmonov, B. T. (2024). Stomatitning differensial diagnostikasi. Klinik Tibbiyot, 5(2), 67-74.
12. Abdullaeva, M. S. (2023). Stomatitni davolashda immunomodulyatorlarning samaradorligi. Immunologiya va Allergologiya, 6(3), 89-95.














